Madaniy-ma`rifiy

27/02/2018
Buxoro va Samarqand shaharlariga sayohat uyushtirildi
Mamlakatimizning turizm sohasi iqtisodiyotning istiqbolli sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Yana bir haqiqat shundan iboratki, yurt ko‘rgan, el tanigan odamlarda dunyoqarashi keng bo‘lib, hayotga munosabat shakl shamoyil topadi. O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 2018-yil 22-25-fevral kunlari Toshkent viloyati tarmoq xodimlari uchun kasaba uyushmasi a’zolaridan 50 nafarining Buxoro va Samarqand shaрarlariga sayohati tashkil qilindi. Yurtdoshlarimizning ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy madaniy va ma’naviy me’rosini o‘rganishlari, Respublikamizdagi ulug‘ ziyoratgohlarni ziyorat qilish va mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan ijobiy islohotlar bilan yaqindan tanishishlari tashkillashtirildi. Buxoro shahrining mahobatli me’morchilik yodgorliklari, muqaddas ziyoratgohlariga Yetti pirga sayohati tashkil etildi. 1.         Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy. 2.         Hoja ...

16/02/2018
Maqsad – kasaba uyushmasi a’zolarini sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish
2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” munosabati bilan xodimlar va ularning oila a’zolarini jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishini oshirish, ayniqsa oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali o‘z salomatligiga mas’uliyat hissini shakllantirish maqsadida joylarda “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqasining birinchi va ikkinchi bosqichlari o‘tkazilmoqda. Jumladan Qo‘qon shahar va Dang‘ara tumanida: “Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqasi ta’lim xodimlari va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila a’zolarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida 2018-yil 10-fevral kuni tuman bosqichi ...

14/02/2018
Jizzax davlat pedagogika instituti xodimlari uchun Samarqand shahriga turistik sayohat tashkil etildi
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2018-yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018-yil 15-yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida turizm sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 9-14 “s”-sonli qarori haqida”gi 11-11 “s”-sonli qarori hamda institut kasaba uyushma qo‘mitasining ish rejasi ijrosiga asosan 2018-yil 11-fevral kuni institut kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan institutda ko‘p yillardan buyon samarali faoliyat olib borayotgan pensiya yoshidagi professor-o‘qituvchilar va xodimlar, shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonida fidoiylik bilan mehnat qilayotgan, ilmiy-pedagogik yutuqlarga erishayotgan ilg‘or o‘qituvchi-xodimlar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’olari bo‘lgan iqtidorli talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida jami 100 nafardan ortiq xodimlar va talabalarning qadimiy ...

12/02/2018
Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
2018-yil 9-fevral kuni A.Navoiy nomidagi madaniyat va istiroxat bog‘ida buyuk shoir va ulug‘ mutaffakkir nomiga bunyod etilgan muhtasham haykal poyiga A.Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan gul qo‘yish marosimida, Andijon davlat tibbiyot institutida A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida A.Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada, Bobur nomidagi musiqali drama teatrida “Nazm va Navo” mavzusida tashkil etilgan konsert dasturida universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdi. Muhtasham haykal poyiga gul qo‘yish marosimida filologiya fakulteti dekani f.f.n. dotsent Baxodirjon Rahmonov, filologiya fakulteti 1-kurs talabasi Nurxon Turg‘unboevalar o‘z ma’ruzalari va she’rlari bilan ishtirok etdi. 2018-yil 9-fevral kuni Andijon ...

27/10/2017
Angor tumanida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
Joriy yilning 24-oktabr kuni Angor tumanidagi 9-musiqa va san’at maktabida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman kengashi va xalq ta’limi bo‘limi tomonidan “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi Respublika ko‘rik-tanlovi”ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy va axloqiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Suvonova Dilfuza birinchi o‘rinni egalladi va viloyat bosqichida qatnashishga yo‘llanma oldi. Tadbir so‘nggida direktor o‘rinbosarlariga kasaba uyushmasi tuman kengashining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.    

12/09/2017
«O‘zbek adabiyotining o‘chmas yulduzlari» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda “Ijtimoiy fikr” Markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf ijodining nodir namunalari bilan o‘zbek kitobxoni tafakkurini yanada boyitish maqsadida «O‘zbek adabiyotining o‘chmas yulduzlari» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Tadbirda adabiyotshunos olimlar, shoirlar, yozuvchilar, o‘qituvchilar, talabalar va “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrining o‘rganish Markazi xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev ochar ekan, mustaqillik yillarida buyuk ajdodlarimizning umrboqiy ilmiy-ma’rifiy, ma’naviy merosini o‘rganish borasida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlar milliy adabiyotimizni rivojlantirish, ...

26/04/2017
2017-yil – mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturida belgilangan tadbirlar doirasida Respublika bo‘yicha turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 450 nafar uzoq qishloq hududida joylashgan ta’lim muassasalari xodimlari, mehnat faxriylarining 2017-yil 21-23-aprel kunlari qadimiy Xiva shahriga sayohati tashkil etildi. Dunyo tamadduniga beshik bo‘lgan ko‘hna va hamisha navqiron shaharlarimizni ko‘rishga nafaqat xorijliklar, balki yurtdoshlarimiz ham oshiqadi. Kasaba uyushmalarida turizimni rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi bois mehnatkashlarning yurtimizdagi qadimiy shaharlar, tarixiy qadamjolar, maftunkor tabiat qo‘yniga intilishlari kuchaydi. Tarixiy qadamjolar, istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Sayohatchilar jahonga mashhur Xiva shahrining qadimiy obidalari, mustaqillik yillarida ro‘y ...

10/10/2013
O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi rayosat qarori (26 fevral 2013 yil)
2013 yil 26 fevral 7-16-sonli O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2013 yil 26 yanvar “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarning madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini yuritish to‘g‘risida Nizom xaqida”gi 9-26-sonli qarori to‘g‘risida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Majlisining 2012 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatini va tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 6-2-sonli qarorining ijrosini ta'minlash hamda tarmoqqa qarashli kasaba uyushma tashkilotlarining madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2012 yil 26 yanvardagi 9-26-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarning madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishlari ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar