Yangiliklar

25/04/2017
Xotin-qizlar o’rtasida sport musobaqasi o’tkazildi
O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Koson tuman kengashi tomonidan mehnat jamolarida sportning ommaviy turlari bo‘yicha tizimli ravishda musobaqalar o‘tkazib borish an’ana tusiga kirgan. Ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari xodimlarning orziqib kutadigan ommaviy tadbiri ahamiyatini kasb etgan. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturi doirasida tuman kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar kasaba uyushmalari a’zolari o‘rtasida “Sport- salomatlik garovi” shiori ostida ikki bosqichli sport musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur musobaqlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash, xotin-qizlarni jismoniy-tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy chiniqtirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir. Musobaqalar sportning 6 ta – voleybol, yengil atletika, shashka, stol tennisi, armsterling ...

24/04/2017
Davra suhbati
Jizzax shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli maktablar, maktabgacha ta’lim hamda madaniyat muassasalari va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida joriy yilning 21-aprel kuni shahardagi 6-umumta’lim maktabida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi tadbirlarini ijrosini ta’minlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Qodirov, Jizzax viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi yuridik bo‘lim mudiri E.Umurzakov, tarmoqning shahar kengashi raisi R.Isoqov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassisi I.Isaeva, Jizzax shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri M.Zoirjonovlar ...

24/04/2017
Ezgulikka baxshida umr
“Keksalari e’zozlangan yurt” shiori ostida joylarda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2017-yil 21-aprel kuni Urganch Davlat Universitetida bo‘lib o‘tdi. Urganch Davlat Universiteti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida filologiya fakulteti Nemis va Fransuz tillari kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi Ataboy Jumaniyozovning 70 yoshlik yubileyiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. Anjumanda Universitet professor o‘qituvchilari bilan bir qatorda talabalar va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi. Universitet rektori B.Abdullaev anjumanni kirish so‘zi bilan ochar ekan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahnamoligida keksalarimiz qadr topayotganligi, ularga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek mehnat faxriylarini jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash, o‘zlarining ibratli hayot va mehnat faoliyati bilan yoshlar tarbiyasiga o‘z ...

17/04/2017
Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Parkent tuman kengashi tomonidan 2017-yil 14-aprel kuni soat 10:00 da Parkent tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi majlislar zalida “Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. O‘quv-seminarda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi yuristkonsulti D.Muxamedalieva, Respublika kengashi bosh mutaxassisi R.Yerbabaev, Respublika kengashi bosh mutaxassisi L.Turikova, Respublika kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Gazieva va Parkent tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri M.Xasanovlar ishtirok etdilar.

27/03/2017
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Quyichirchiq tuman kengashi tomonidan 2017-yil 23-mart kuni 4-musiqa maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda ma’qullangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 22-sentabrda O‘RQ-410-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘quv-seminarda Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi vakillaridan mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis Q.Xaitov, Moliya bo‘limi mutaxassisi Sh.Axmedova hamda Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ma’sul tashkilotchisi R.Gaziyevalar ishtirok etdi. Mazkur seminarda Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Quyichirchiq tuman kengashi tasarrufidagi ...

27/03/2017
Eng faol kasaba uyushma tashkiloti yetakchisi
Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar haq-huquqini himoya qilish, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlar tobora keng quloch yoymoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanbasi profilaktika kuni deb e’lon qilinib, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. O‘quv muassasalarida yoshlarning kamoloti, yetuk inson bo‘lib yetishishi, to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘imasligi uchun tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bu ezgu ishlarda ichki ishlar organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan kasaba uyushma tashkilotlarining ham munosib hissasi bor. Poytaxtimizdagi Turkiston saroyida 2017-yil 24-mart kuni o‘tkazilgan «Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari» an’anaviy ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash asnosida bu yana bir karra ...

23/03/2017
Assalom Navro‘z
Joriy yilning 20-mart kuni Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma Yangiy‘ol tuman kengashi tomonidan tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasida “Assalom Navro‘z”, – deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda muassasaning barcha xodimlari, tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma tuman kengashi raisi, ota-onalar va faxriy xodimlar ishtirok etdilar. Tadbirda, Navro‘z taomi – sumalak tayyorlandi va barcha taklif etilganlarga ulashildi. Musiqiy va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir so‘ngida mehnat fahriylariga esdalik sovg‘alar berildi.

17/03/2017
“Mening o‘nta sevimli kitobim”
Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasi va kamoloti borasida juda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarimizning turli yo‘nalishlarda dunyo miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlarda ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritayotgani, yurtimizda yosh avlodning o‘z iste’dodini namoyon etishlari uchun ularga davlat darajasida berilayotgan e’tiborning natijasidir. Bugungi kunda yoshlarimizning ilmli, salohiyatli, jismonan barkamol va eng asosiysi ma’naviy yetuk insonlar bo‘lib shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Jizzax davlat pedagogika institutida ushbu farmoyishning ijrosini ta’minlash hamda institutda tahsil olayotgan 7 ming ...

14/03/2017
Navro‘z bayrami arafasida sayohat
Jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik, xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish, Navro‘z bayramini munosib kutib olish va uni o‘tkazishda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida kasaba uyushmalari tomonidan ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 12-mart kuni ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashi tasarrufidagi muassasalarning 50 nafar ishchi xodimlari mamalakatimizning, qadimiy va navqiron, go‘zal va maftunkor Samarqand shahrida bir kunlik sayohatda bo‘lib qaytishdi. Ular Samarqand shahridagi qadimiy va tarixiy obidalar, Mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar hamda mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.Karimovning ziyoratgohida bo‘ldilar. – Bu sayohat ...

10/03/2017
Xotin-qizlarga ehtirom
Kasaba uyushmalari tomonidan barcha tashkilotlarida “Xalqaro xotin -qizlar kuni” munosabati bilan “Kasaba uyushmasi xotin-qizlarga” aksiyasi doirasida “Ayollari qadrlangan yurt” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman kengashi hamda Buxoro viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi xotin-qizlar komissiyasi tomonidan ta’lim, madaniyat muassasalarida mehnat qilayotgan 220 nafar ilg‘or xodimlar, mehnat faxriylari, kam ta’minlangan xotin-qizlar ishtirokida “Olam go‘zalligi senda mujassam” mavzuida bayram tadbiri tashkil etildi.

Izlash

 

So`ngi e`lonlar